Samsung GT-N8000 User Manual Page 24

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 187
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 23
24
Foydalanishni boshlash
Sensorli ekraningizni quyidagi amallar yordamida nazorat qiling:
Chertish: Menyu, opsiya yoki ilovani tanlash uchun
barmog‘ingizni yoki berilgan skaner ruchkani bir marta tekkizing.
Chertib ushlab turish: Opsiyalar ro‘yxatini ochish uchun
elementni cherting va 2 soniyadan ko‘proq ushlab turing.
Tortish: Ro‘yxatlardagi elementlarni joyidan siljitish uchun ularni
chertib tekkizib, balandga, pastga, chapga yoki o‘ngga torting.
Tortish va qo‘yish: Barmog‘ingiz bilan elementni chertib ushlab
turing, so‘ngra elementni siljitish uchun barmog‘ingizni torting.
Ikki marta chertish: Surat yoki websaytlarni ko‘rayotganda
kattalashtirish yoki kichraytirish uchun barmog‘ingiz bilan tez-
tez ikki marta cherting.
Sezgir ekranni aylantirish
Qurilmangizga harakat sensori o‘rnatilgan, o‘sha sensor uning
harakat yo‘nalishini aniqlaydi. Agar qurilmani aylantirsangiz,
interfeys harakat yo‘nalishiga qarab avtomatik tarzda aylanadi.
Interfeys harakat yo‘nalishiga rioya qilishini o‘rnatish uchun tizim
panelining o‘ng tarafini tanlang, so‘ngra bildirishlar panelidagi
Ekran aylanishini tanlang.
Sensorli ekranni bloklash yoki blokdan chiqarish
Muayyan vaqt ichida qurilmadan foydalanmasangiz, qurilmangiz
sensorli ekranni o‘chiradi va qurilmaning istalmagan amaliyotlari
oldini olish uchun avtomatik ravishda sensorli ekranni bloklaydi.
Sensorli ekranni qo‘lda bloklash uchun Quvvat tugmasini bosing.
Quvvat tugmasini bosish bilan ekranni bloklashdan chiqarish,
yoqish uchun ekranning istalgan joyiga barmoq tekkizing, so‘ngra
barmog‘ingizni istalgan yo‘nalishga yurgizing.
Boshqalar qurilmangizdan foydalanishi yoki unda saqlangan
shaxsiy ma‘lumot va axborotni ko‘rishi oldini olish uchun
ekranni bloklash funksiyasini faollashtirishingiz mumkin.
s. 35
Page view 23
1 2 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 186 187

Comments to this Manuals

No comments