Samsung RS57K4000WW User Manual Page 116

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 160
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 115
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek8
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Foydalanish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Vilkani rozetkaga nam qo'llaringiz bilan ushlamang.
- Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Muzlatgich kamerasi ustiga narsalar qo'ymang.
- Muzlatgich kamerasi eshigini ochganingizda yoki yopganingizda uning ustidagi narsalar
tushib ketishi va shaxsiy jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.
Muzlatgich osti yoki orqasiga qo'l, oyoq yoki (ovqatlanish tayoqchalari va shu kabi) metall
buyumlarni tiqmang.
- Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
- O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
Muzlatgich kameraning ichki devorlariga yoki muzlatgich kameraga joylashtirilgan mahsulotlarga
nam qo'llaringiz bilan tegmang.
- Bu sovuq urishga olib kelishi mumkin.
Suv to'ldirilgan idishni muzlatgich ustiga qo'ymang.
- Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi
mumkin.
Uchuvchan yoki yonuvchan buyumlar yoki moddalarni (benzol, suyultirgichlar, propan gazi, spirt,
er, suyultirilgan gaz va shunga o'xshash boshqa narsalarni) muzlatgichda saqlamang.
- Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
- Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
- Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va
shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.
Bolalar muzlatgich eshigiga yoki eshik sandiqchasiga osilishiga yo'l qo'ymang. Bunday qilish
jiddiy jarohatga sabab bo'lishi mumkin.
Bolalarning muzlatgich ichiga kirib olishlariga yo'l qo'ymang. Ichida qamalib qolishlari mumkin.
Qo'llaringizni moslamaning ostki qismiga tiqmang.
- O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
Muzlatgichda farmatsevtika mahsulotlari, ilmiy tadqiqot ashyolari yoki haroratga sezgir
mahsulotlarni saqlamang.
- Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni muzlatgichda saqlamang.
Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo'lmasa, muzlatkich/muzxona ichiga elektr jihozlarini
joylashtirmang yoki ulardan foydalanmang.
Agar dori yoki tutun hidini sezib qolsangiz, zudlik bilan elektr quvvati vilkasini sug'uirib oling va
Samsung Electronics xizmati markaziga murojaat qiling.
Untitled-33 8 2016-03-17  6:19:12
Page view 115
1 2 ... 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 ... 159 160

Comments to this Manuals

No comments