Samsung WF60F4E1W2W User Manual Page 35

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 37
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 34
O’zbek - 9
01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR
shikastlanishlar uchun javo/jointfilesconvert/721292/bgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan
sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.
Odam uchun xavfli bo'lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga
olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo'ladi. Bunday suvga tegmang.
Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo'lmasa, o'tirg'ichlar uchun suv o'tkazmaydigan
to'shamalar, bo'yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning shimlari, uxlash uchun yostiqchalar,
yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.
Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni yuvmang. Bu ortiqcha tebranishlar
tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.
Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo'lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik ajralib ketishi va baraban
ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi toto'g'ri ishlashlarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi.
Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Qo'lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo'lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab qolinishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar
kabi) solmang.
Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va o'limiga olib kelishi
mumkin.
Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los'onlar bilan ifloslangan
kiyimlarni yuvmang.
Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo'lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Nina to'g'nag'ichlar, soch to'g'nag'ichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt qoldirmang.
Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo'la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va uni ketkazish uchun
gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari bilan zararlangan
kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi
mumkin.
Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.
Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar
yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Untitled-5 9 2014-07-14  4:53:41
Page view 34
1 2 ... 30 31 32 33 34 35 36 37

Comments to this Manuals

No comments