Samsung SM-A720F/DS User Manual Page 145

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 151
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 144
145
Ilova
Nosozliklarni bartaraf etish
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishdan oldin quyidagi yechimlarni sinab ko‘ring. Ba’zi
holatlar qurilmangizga mos kelmasligi mumkin.
Qurilmani yoqqaningizda yoki qurilmadan foydalanayotganingizda,
quyidagi kodlardan birini kiritishingiz talab qilinadi:
•
Parol: Qurilmangizning bloklash funksiyasi yoqilganda, qurilma uchun o‘rnatgan parolni kiritishingiz
lozim bo‘ladi.
•
PIN: Qurilmangizdan birinchi marta foydalanayotganingizda yoki PIN-kod talabi yoqilganda, SIM-
karta yoki USIM-karta bilan taminlangan PIN-kodni kiritishingiz lozim bo‘ladi. Ushbu funksiyani SIM-
kartani bloklash menyusi yordamida o‘chirishingiz mumkin.
•
PUK: PIN-kodni bir necha marta noto‘g‘ri kiritilishi natijasida, odatdagiday, SIM-karta yoki USIM-
kartangiz bloklangan. Xizmat taminotchingiz tomonidan taqdim etilgan PUK-kodni kiritishingiz
lozim.
•
PIN2: PIN2 kodini talab qiluvchi menyuga kirganingizda, SIM-karta yoki USIM-karta bilan berilgan
PIN2 ni kiritishingiz lozim bo‘ladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun xizmat ta’minotchingiz bilan
bog‘laning.
Qurilmangiz tarmoq yoki xizmat xatosi xabarlarini ko‘rsatmoqda
•
Siz signal kuchsiz bo‘lgan joyda bo‘lsangiz, aloqani qabul qila olmasligingiz mumkin. Boshqa sohaga
o‘ting va qayta urinib ko‘ring. O‘tish vaqtida xato haqidagi xabarlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.
•
Ulanishsiz ba’zi opsiyalarga kira olmaysiz. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun xizmat taminotchingiz
bilan bog‘laning.
Qurilmangiz yoqilmayapti
Batareya quvvati umuman qolmaganda, qurilmangiz yoqilmaydi. Qurilmani yoqishdan oldin batareyani
to‘liq zaryadlang.
Page view 144

Comments to this Manuals

No comments