
Asosiy ma’lumotlar
38
Asosiy ekran
Asosiy ekran - bu qurilmaning barcha funksiyalariga kirish mumkin bo‘lgan boshlash nuqtasi. U indikator
ikonchalari, vidjetlari, ilovalar yorliqlari va boshqalarni aks ettiradi.
Asosiy ekran bir nechta panellarga ega bo‘lishi mumkin. Boshqa panellarni ko‘rib chiqish uchun chap
yoki o‘ngga aylantiring.
Elementlar tartibini o‘zgartirish
Elementlar qo‘shish
Ilovalar ekranidan ilova yoki jildni bosib turing va undan so‘ng uni Asosiy ekranga tortib o‘tkazing.
Vidjetlar qo‘shish uchun Asosiy ekranng bo‘sh joyiga tegib turing,
Vidjetlar
, ga teging, vidjetni bosib
turing va undan so‘ng uni Asosiy ekranga tortib o‘tkazing.
Elementni harakatlantirish
Elementni bosib turgan holda uni yangi joylashishga tortib o‘tkazing. Uni boshqa panelga ko‘chirish
uchun uni ekran yon tomoniga tortib o‘tkazing.
Elementni olib tashlash
Elementni bosib turing va uni ekran yuqorisida paydo bo‘lgan savatga tortib keltiring. Savat qizil rangga
kirganda, elementni qo‘yib yuboring.
Comments to this Manuals