
O'zbek 21
Xizmat ko‘ rsatish
Xizmat ko‘ rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab
turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli
taglikka (mavjud modellardagina) e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir
yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini tozalash uchun
yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab
quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1. Pechni bo‘shatib, limon
sharbatiga suv qo’shilgan
chashkani aylanuvchi patnisga
qo’ying.
2. Pechni 10 daqiqa davomida
quvvatning maksimal
darajasida qizdiring.
3. Sikl tugagach, pech sovishini
kuting. Keyin eshigini ochib,
pishirish bo‘lmasini tozalang.
DIQQAT
• Eshik va uning zichlagichlarini
toza tuting hamda eshik oson
ochilib-yopilishiga amin bo‘ling.
Aks holda pechning ishlash
muddati qisqarishi mumkin.
• Pechning ventilyatsiya
tirqishlariga suv tushishidan
ehtiyot bo‘ling.
• Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy
moddalardan foydalanmang.
• Har bir foydalangandan keyin
pechni sovitib, pishirish
bo‘lmasini yumshoq yuvish
vositasi eritmasi bilan tozalang.
NQ50J3530BS_WT_DE68-04356E-00_UZ.indd 21 4/9/2015 4:33:18 PM
Comments to this Manuals