Samsung SM-J320H/DS User Manual Page 12

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 86
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 11
Asosiy ma’lumotlar
12
Batareyani zaryadlash haqida maslahat va ogohlantirishlar
•
Batareya quvvati kam bo‘lganda, bo‘sh batareya ikonachasi paydo bo‘ladi.
•
Agar batareya butunlay quvvatsizlangan bo‘lsa, zaryadlash qurilmasi ulangandan so‘ng bir muncha
vaqt davomida qurilmani yoqib bo‘lmaydi. Qurilmani yoqishdan oldin quvvati qolmagan batareyani
bir muncha vaqt davomida zaryadlang.
•
Agar bir vaqtda bir nechta ilovalardan, tarmoq ilovalari yoki boshqa qurilmaga ulanishni talab
qiluvchi ilovalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, batareya tez tugaydi. Tarmoqdan uzilib qolishni
yoki ma’lumot uzatayotganda o‘chib qolmasligini oldini olish uchun bu ilovalardan batareya quvvati
to‘la bo‘lganda foydalaning.
•
Zaryadlash qurilmasidan boshqa quvvat manbai, masalan kompyuter ishlatsangiz, tok kamligi
sababli sekinroq zaryadlanadi.
•
Qurilma zaryad olayotganda undan foydalanish mumkin, lekin batareya to‘lishi uchun ko‘proq vaqt
ketadi.
•
Zaryadlash vaqtida qurilma olayotgan elektr quvvati o’zgarib turadigan bo‘lsa, sensorli ekran
ishlamasligi mumkin. Agar yuqoridagi hodisa sodir bo‘lsa, zaryadlash qurilmasini qurilmadan
chiqarib oling.
•
Zaryadlash vaqtida qurilma va zaryadlash qurilmasi qizishi mumkin. Bu oddiy holat va u qurilmaning
xizmat qilish muddati yoki samaradorligiga tasir ko‘rsatmaydi. Agar batareya odatdagidan ko‘proq
qizib ketsa, zaryadlash qurilmasi zaryadlashni to‘xtatadi.
•
Agar qurilma to‘g‘ri zaryadlanmayotgan bo‘lsa, qurilma va zaryadlash qurilmasini Samsung Xizmat
ko‘rsatish markaziga olib boring.
Page view 11
1 2 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 85 86

Comments to this Manuals

No comments