Samsung SM-J320H/DS User Manual Page 83

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 86
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 82
Ilova
83
Batareya quvvati birinchi xarid qilinganidan ko‘ra tezroq sarflanishi mumkin
•
Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda ushlaganingizda, foydali zaryad
kamayadi.
•
Xabarlar funksiyasida, o‘yin yoki Internet kabi ilovalardan foydalanganingizda, batareya quvvati
ko‘proq sarflanadi.
•
Batareyaning amal qilish muddati tugagani sari undagi foydali zaryad miqdori ham kamayib boradi.
Qurilmangiz qizib ketmoqda
Ko‘proq quvvat talab qiluvchi ilovalardan foydalanganingizda, yoki ilovadan uzoq vaqt davomida
foydalanganligingizda, qurilmangiz qizib ketishi mumkin. Bu oddiy holat va u qurilmangizning xizmat
qilish muddati yoki samaradorligiga tasir ko‘rsatmaydi. Agar qurilma haddan tashqari qizib ketsa yoki
uzoq vaqt mobaynida qizib tursa, undan biroz vaqt foydalanmay turing. Agar qurilma qizib ketaversa,
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Kamerani ishga tushirganda, xato haqidagi xabarlar ko‘rsatilmoqda
Qurilmangiz kamera ilovasini ishlatish uchun yetarli bo‘lgan bo‘sh xotiraga va batareya quvvatiga ega
bo‘lishi lozim. Agar kamerani ishga tushirganda, xato haqidagi xabarlar paydo bo‘lsa, quyidagilarni sinab
ko‘ring:
•
Batareyani zaryadlang.
•
Fayllarni kompyuterga uzatish yoki ularni qurilmadan yo‘q qilish orqali xotirani bo‘shating.
•
Qurilmani qayta ishga tushiring. Yuqoridagilarni bajarganingizdan keyin ham kamera ilovasi bilan
bog‘liq muammo bartaraf etilmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Fotosurat sifati dastlabki ko‘rinishdan ko‘ra pastroq bo‘ladi
•
Atrof-muhit va foydalanilgan fotosurat texnikasiga ko‘ra fotosuratlaringiz sifati farq qilishi mumkin.
•
Agar qorong‘i joylarda, tunda yoki bino ichida rasmga olsangiz, tasvir shovqini yuzaga kelishi va
tasvir fokusdan tashqarida bo‘lishi mumkin.
Page view 82
1 2 ... 78 79 80 81 82 83 84 85 86

Comments to this Manuals

No comments