Samsung WF8590NMS User Manual Page 124

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 160
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 123
 ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz.
Ushbu qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli
tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning
ko’pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun ushbu
qo’llanmani o’qib chiqqani vaqt toping.

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali
tarzda boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib
chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish
uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu
qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin
bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish
va undan foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz
va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi
uchun kir yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq
qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda
qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat
qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping



OGOHLANTIRISH!
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
jiddiy jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik
olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.
Buni qilishga urinmang.
Qismlarga ajratmang.
Tegmang.
Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga
ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Izoh.





Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy
xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi
bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda tegishli qarovni amalga oshiring.
WF8590NM-02796G-18_UZ.indd 4 2017/3/3 8:56:19
Page view 123
1 2 ... 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 ... 159 160

Comments to this Manuals

No comments