Samsung GT-N8000 User Manual Page 180

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 187
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 179
Nosozliklarni bartaraf etish
180
Qurilmangiz qo‘l tekkizilganda issiq
Ko‘p quvvat talab qiladigan ilovalardan foydalanganingizda
yoki ilovalarni uzoq vaqt ishlatganingizda qurilmangiz qo‘l
tekkizilganda issiq bo‘lishi mumkin. Bu normal holat bo‘lib,
qurilmangizning xizmat muddatiga ham, ishlashiga ham ta‘sir
qilmasligi kerak.
Kamera ishga tushganda xatolik haqidagi xabarlar paydo
bo‘ladi
Samsung mobil qurilmangiz kamerasi normal ishlashi uchun
yetarli xotira va batareya quvvatiga ega bo‘lishi kerak. Kamerani
yoqayotganda xatolik haqidagi xabarlarni olsangiz, quyigagilarni
bajarishga harakat qiling:
Batareyani zaryadlash.
Qurilmangizdagi ayrim fayllarni ShKga o‘tkazish yoki ularni
o‘chirib tashlash bilan xotirani bo‘shating.
Qurilmani o‘chirib yoqing. Agar ushbu maslahatlarni
bajarganingizdan keyin ham kamera ilovasi bilan bog‘liq
muammo barham topmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
Musiqa fayllarini ochganingizda xatolik haqidagi xabarlar
paydo bo‘ladi
Ayrim musiqa fayllari turli sabablarga ko‘ra Samsung mobil
qurilmangizda o‘ynamasligi mumkin. Agar musuqa fayllarini
ochayotganda qurilmangizda xatolik haqidagi xabarlar paydo
bo‘lsa, quyidagilarni bajarishga harakat qiling:
Qurilmangizdagi ayrim fayllarni ShKga o‘tkazish yoki ularni
o‘chirib tashlash bilan xotirani bo‘shating.
Musiqa fayli Mualliflik huquqlarini himoya qiluvchi texnik
vositalar (DRM) bilan himoyalanmaganiga ishonch hosil qiling.
Agar fayl DRM bilan himoyalangan bo‘lsa, faylni o‘ynatish uchun
zarur litsenziya yoki kalitingiz borligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangiz fayl turini o‘ynatishiga ishonch hosil qiling.
Page view 179

Comments to this Manuals

No comments