Samsung MS22M8074AT User Manual Page 117

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 144
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 116
O'zbek 9
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi
patnis va rolikli taglikka (mavjud modellardagina) e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini
tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1. Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying.
2. Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.
3. Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini tozalang.
Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash
A
Pishirish kamerasining yuqori qismini tozalash uchun yuqoridagi
isitish elementini ko‘rsatilganidek qilib 45° (A) pasaytiring. Shunda
tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab bo‘lgach, isitish elementini
joyiga qaytaring.
DIQQAT
Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin bo‘ling. Aks holda pechning
ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.
Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.
Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang.
Almashtirish (ta’mirlash)
OGOHLANTIRISH
Bu pech ichida foydalanuvchi olib qo‘yadigan qismlari yo‘q. Pechni o‘zingiz ko‘chirish yoki ta’mirlashga urinmang.
Agar ilmoqlar, zichlagich va/yoki eshik bilan muammo aniqlansa, yordam uchun malakali texnikka yoki mahalliy
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Chiroq lampasini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Uni
o‘zingiz almashtirmang.
Agar pechning tashqi korpusi bilan muammo yuzaga kelsa, avval tokdan uzing, keyin mahalliy Samsung xizmat
ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Uzoq vaqt ishlatilmagandagi himoya chorasi
Pechni uzoq vaqt ishlatmasangiz, tokdan uzing va pechni quruq, changsiz joyga ko‘chiring. Pech ichida yig‘iladigan chang
va namlik uning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish
Untitled-1 9 2017-03-28  12:18:03
Page view 116
1 2 ... 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 ... 143 144

Comments to this Manuals

No comments