Samsung WF60F4E4W2W User Manual Page 168

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 184
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 167
O’zbek - 28
Qo’lda kir yuvishni bajarish
Siz Sikl tanlovchisi-dan foydalanmagan holda kir yuvishni qo’lda bajarishingiz mumkin.
1. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini oching.
2. Eshikni oching.
3. Barabanga ortiq darajada ko’p kir solmang.
4. Eshikni yoping.
5. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
6. Kir yuvish vositalari uchun surma qutidagi tegishli bo’lmalarga kir yuvish vositasi va zarur bo’lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish
uchun kir yuvish vositasini soling.
7. Хлопок (Paxta) siklini tanlash uchun Sikl tanlovchisi-ni aylantiring.
8. Haroratni tanlash uchun Темп. (Haror.) tugmasini bosing.
(Sovuq suv
, 20 ˚C, 30 ˚C, 40 ˚C, 60 ˚C va 95 ˚C)
9. Chayish sikllari sonini tanlash uchun Полоскание (Chayish) tugmasini bosing.
Chayish sikllarining eng ko’p soni beshta.
Yuvish davomiyligi mos tarzda ortadi.
10. Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing. (
: Chayishni ushlab turish, : Siqishsiz)
11. Mavjud Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyalari bo’ylab o’tish uchun Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasini qayta-
qayta bosing (bir soatdan oshirilgan holda 3 soatdan 19 soatgacha). Namoyish qilingan vaqt kir yuvishning tugallash vaqtini korsatadi.
12. Kir yuvishni boshlash uchun Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.
Kir yuvish bo’yicha korsatmalar
Eng toza yuvilgan kirlar va kir yuvishning eng yaxshi natijalariga ega bo’lish uchun ushbu oddiy ko’rsatmalarga amal qiling.
Yuvishdan avval doimo kiyim etiketkasidagi yuvishning o’ziga xos xususiyatlarini korib chiqing.
Yuviladigan kirlarni quyidagi toifalar bo’yicha turlarga ajrating va yuving:
Yuvish bo’yicha korsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar
turlariga ajrating.
Rangi: Rangli buyumlarni oq rangdagi buyumlardan ajrating. Rangli buyumlarni alohida yuving.
O’lchami: O’lchamlari bo’yicha farq qiladigan buyumlarni aralashtirib solish yuvish samaradorligini oshiradi.
Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun nozik yuvish siklidan foydalanib nozik buyumlarni alohida
yuving. O’zingiz yuvayotgan buyumlarning yorliqlarini tekshiring yoki 38-betdagi Kiyimlarning yorliqlaridagi belgilarning bayoni
bo’limiga qarang.
Cho’ntaklarni bo’shatish
Har bir kir yuvishdan avval yuviladigan buyumlaringizning barcha chontaklarini bo’shating. Tanga, pichoq, tognagich va qog’oz uchun
skrepka kabi kichkina, qattiq va o’tkir buyumlar kir yuvish mashinangizni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Katta to’qalari, tugmalari yoki boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang. Kiyimlardagi metall elementlar kiyim va
barabanga shikast yetkazishi mumkin. Ularni yuvishdan avval tugmali va kashtali kiyimlarni teskarisini ag’darib qo’ying. Agar yuvish vaqtida
shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo’lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Yuvishdan avval zamoklar yopilishi va ip bilan bog’lab
qo’yilishi kerak.
Uzun bog’ichlari bo’lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi va ularni shikastlashi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval
iplarning biriktirib qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.
Paxtadan qilingan buyumlarni dastlabki yuvish
Ushbu kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanilganda quvvatlar, vaqt, suv va kir yuvish vositasini tejagan holda
ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni ta’minlaydi. Biroq agar paxtadan qilingan buyumlar juda kirlangan bo’lsa, ularni yuvish uchun oqsillar
asosidagi kir yuvish vositasi bilan dastlabki yuvish rejimidan foydalaning.
Untitled-6 28 2014-01-10 �� 12:55:09
Page view 167
1 2 ... 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 ... 183 184

Comments to this Manuals

No comments