Samsung SM-G355H User Manual Page 101

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 104
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 100
Nosozliklarni bartaraf etish
101
Qurilmangiz qizib ketmoqda
Ko‘proq quvvat talab qiluvchi ilovalardan foydalanganingizda, yoki ilovadan uzoq vaqt davomida
foydalanganligingizda, qurilmangiz qizib ketishi mumkin. Bu oddiy holat va u qurilmangizning xizmat
qilish muddati yoki samaradorligiga tasir ko‘rsatmaydi.
Kamerani ishga tushirganda, xato haqidagi xabarlar ko‘rsatilmoqda
Qurilmangiz kamera ilovasini ishlatish uchun yetarli bo‘lgan bo‘sh xotiraga va batareya quvvatiga ega
bo‘lishi lozim. Agar kamerani ishga tushirganda, xato haqidagi xabarlar paydo bo‘lsa, quyidagilarni sinab
ko‘ring:
•
Batareyani zaryadlang yoki to‘la zaryadlangan boshqa batareya qo‘ying.
•
Fayllarni kompyuterga uzatish yoki ularni qurilmadan yo‘q qilish orqali xotirani bo‘shating.
•
Qurilmani qayta ishga tushiring. Yuqoridagilarni bajarganingizdan keyin ham kamera ilovasi bilan
bog‘liq muammo bartaraf etilmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Fotosurat sifati dastlabki ko‘rinishdan ko‘ra pastroq bo‘ladi
•
Atrof-muhit va foydalanilgan fotosurat texnikasiga ko‘ra fotosuratlaringiz sifati farq qilishi mumkin.
•
Agar qorong‘i joylarda, tunda yoki bino ichida rasmga olsangiz, tasvir shovqini yuzaga kelishi va
tasvir fokusdan tashqarida bo‘lishi mumkin.
Multimedia fayllarini ochganda, xato haqidagi xabar paydo bo‘lmoqda
Agar qurilmangizda xato haqidagi xabar paydo bo‘lsa yoki multimedia fayllarini ochganingizda ular
o‘ynatilmasa, quyidagilarni sinab ko‘ring:
•
Fayllarni kompyuterga uzatish yoki ularni qurilmadan yo‘q qilish orqali xotirani bo‘shating.
•
Musiqa fayllari DRM-himoyalangan emasligiga ishonch hosil qiling. Agar fayl DRM-himoyalangan
bo‘lsa, ushbu faylni o‘ynatish uchun kerakli bo‘lgan litsenziya yoki kalitingiz mavjudligiga ishonch
hosil qiling.
•
Fayl formatlari qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch hosil qiling. Agar DivX yoki AC3
kabi fayl formati qo'llab-quvvatlanmasa, uni qo'llab-quvvatlaydigan ilovani o'rnating. Qurilmangiz
qo‘llab-quvvatlaydigan fayl formatlarini tasdiqlash uchun
www.samsung.com
ga tashrif buyuring.
Page view 100
1 2 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 104

Comments to this Manuals

No comments