Samsung SM-G355H User Manual Page 99

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 104
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 98
Nosozliklarni bartaraf etish
99
Sensorli ekran sekin yoki noto‘g‘ri javob bermoqda
•
Agar Siz sensorli ekranga himoya qoplamasi yoki turli aksessuarlarni biriktirsangiz, sensorli ekran
to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
•
Agar sensorli ekranga tegayotganda, qo‘lqop kiyib olgan bo‘lsangiz, qo‘llaringiz iflos bo‘lsa yoki
ekranga o‘tkir tig‘li narsa yoki barmog‘inzgi uchi bilan tegsangiz, sensorli ekran funksiyasi buzilishi
mumkin.
•
Sensorli ekran nam sharoitda yoki suvga tekkanida to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
•
Dasturiy taminot bilan bog‘liq bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun qurilmani qayta ishga
tushiring.
•
Qurilmangiz dasturiy taminoti eng oxirgi versiyada ekanligiga ishonch hosil qiling.
•
Sensorli ekran chizilgan yoki shikastlangan bo‘lsa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif
buyuring.
Qurilmangiz qotib qolmoqda yoki xatolarga uchramoqda
Agar qurilmangiz qotsa yoki sekin ishlasa, qurilma funksionalligini tiklash uchun ilovalarni yopishingiz
yoki batareyani qayta joylashtirishingiz va qurilmani yoqishingiz lozim. Agar qurilmangiz qotib qolgan va
javob bermayotgan bo‘lsa, qurilmani qayta yuklash uchun Quvvat tugmasini 7 soniyadan ko‘proq vaqt
davomida bosib turing.
Agar bu muammoni bartaraf etmasa, ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytarishni amalga oshiring.
Ilovalar ekranida
Parametrlar
Arxivlash va tashlash
Ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytish
Telefonni qayta yuklash
Barchasini o'chirib tashla
ga teging. Ishlab chiqaruvchi parametrlariga
qaytarishdan oldin, qurilmada saqlangan barcha muhim ma’lumotlaringizni arxivlashni unutmang.
Agar muammo bartaraf etilmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qo‘ng‘iroqlar ulanmayapti
•
To‘g‘ri uyali tarmoqqa ulanganligingizga ishonch hosil qiling.
•
Terayotgan raqamingiz uchun qo‘ng‘iroq qilishni taqiqlash o‘rnatilmaganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kiruvchi telefon raqami uchun qo‘ng‘iroq qilishni taqiqlash o‘rnatilmaganligiga ishonch hosil qiling.
Boshqalar Sizning ovozingizni eshitmayapti
•
Mikrofonni to‘sib qo‘ymaganligingizga ishonch hosil qiling.
•
Mikrofon og‘zingizga yaqin turganligiga ishonch hosil qiling.
•
Quloqlikdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uning to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Page view 98
1 2 ... 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104

Comments to this Manuals

No comments