Samsung SM-G355H User Manual Page 2

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 104
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 1
2
Ushbu qo‘llanma haqida
Ushbu qurilma Sizga Samsungning maxsus texnologiya va yuqori sifatli standartlariga asoslangan oliy
sifatli mobil aloqa va ko‘ngilochar ilovalarini taqdim etadi. Ushbu foydalanuvchi qo‘llanmasi qurilma
funksiyalari va xossalari haqida batafsil ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan.
•
Qurilmadan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish uchun uni ishlatishdan oldin ushbu qo‘llanmani o‘qib
chiqing.
•
Tavsiflar qurilmaning birlamchi parametrlariga asoslangan.
•
Tasvir va ekran rasmlari ushbu mahsulotda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.
•
Ushbu qo‘llanmadagi ma’lumotlar yakuniy mahsulotdan yoki xizmat taminotchisi tomonidan
taqdim etilgan dasturiy taminotdan farq qilishi hamda ular ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
Qo‘llanmaning oxirgi versiyasi uchun
www.samsung.com
veb-saytiga qarang.
•
Yuqori tezlikdagi Markaziy Protsessor va RAM ishlatilishini talab qiluvchi tarkib (yuqori sifatli tarkib)
qurilmaning umumiy unumdorligiga tasir ko‘rsatadi. Tarki/jointfilesconvert/1086627/bga bog‘liq bo‘lgan ilovalar qurilmaning
turi va ishlatilayotgan muhitiga qarab to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
•
Qurilma, dasturiy taminot yoki xizmat taminotchingizga qarab mavjud funksiya va qo‘shimcha
xizmatlar farq qilishi mumkin.
•
Mamlakat, hudud va apparat xususiyatlariga qarab ilovalar va ularning funksiyalari farq qilishi
mumkin. Samsung o‘zidan boshqa ta’minotchilar tomonidan taqdim etilgan ilovalar sababli yuzaga
kelgan muammolar uchun javo/jointfilesconvert/1086627/bgar emas.
•
Samsung registrni yoki operatsion tizim dasturiy taminotini o‘zgartirish oqibatida yuzaga kelgan
nosozlik va nomutanosibliklar uchun javo/jointfilesconvert/1086627/bgar bo‘lmaydi. Operatsion tizimni o‘zgartirishga
urinishlar qurilma yoki ilovalarning to‘g‘ri ishlamasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Ushbu qurilma bilan birga kelgan dasturiy taminot, ohang manbalari, fon rasmlari va boshqa
medialar cheklangan foydalanish uchun litsenziyalangan. Ushbu materiallardan tijorat yoki boshqa
maqsadlarda foydalanish mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzish hisoblanadi. Medianing
noqonuniy foydalanilishi bo‘yicha javo/jointfilesconvert/1086627/bgarlik to‘laligicha foydalanuvchilar zimmasida.
•
Xabarlar, yuklash, yuklab olish, avtomatik ravishda sinxronlash yoki joylashuv xizmatlaridan
foydalanish uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lashingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Qo‘shimcha to‘lov
to‘lashni oldini olish uchun mos ma’lumotlar tarif rejasini tanlang. Batafsil ma’lumot uchun xizmat
taminotchingiz bilan bog‘laning.
Page view 1
1 2 3 4 5 6 7 ... 103 104

Comments to this Manuals

No comments