Samsung MC28H5013AW-BW User Manual Page 163

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 176
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 162
O'zbekcha - 31
04 PECHDAN FOYDALANISH
4. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosgan holda mos
haroratni tanlang. (Harorat : 200~40°C) Haroratni o'rnatish uchun
shu vaqtda Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
Agar siz 5 soniya ichida haroratni o'rnatmasangiz, avtomatik
ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.
5. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosgan holda
tayyorlash vaqtini o'rnating.
Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
6. СТАРТ (Start) tugmasini bosing.
Natija:
Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash
boshlanadi.
Pech talab qilingan haroratgacha qiziydi, keyin
berilgan tayyorlash vaqti nihoyasiga yetgunicha
tayyorlash mikroto'lqinlar yordamida davom
ettiriladi.
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech
tovushli signal beradi va "End" 4 marta
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta
tovushli signal beradi.
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bolalardan qulflash dasturi mavjud, u bola yoki
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
1. Блокировка управления (Bolalardan qulflash)
tugmasini uch soniya bosib turing.
Natija:
Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni
tanlab bo'lmaydi).
Displey
"L" ni namoyish qiladi.
2. Pech qulfini ochish uchun Блокировка управления
(Bolalardan qulflash) tugmasini uch soniya bosib turing.
Natija: Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
AYLANUVCHI PATNISNI YOQISH/O'CHIRISH FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Врощение подноса (Aylanuvchi patnisni yoqish/o'chirish) tugmasi aylanuvchi
patnisni aylanishdan to'xtatgan holda butun aylanuvchi patnisni to'ldiruvchi katta taomlarni
tayyorlashga imkon beradi (faqat qo'lda tayyorlash rejimida).
Bu holda tayyorlash natijasi kamroq darajada qoniqarli bo'ladi, chunki tayyorlash
bir tekis bo'lmaydi. Biz tayyorlash yarim bo'lgan vaqtda idishni qo'lda aylantirib
qo'yishingizni tavsiya qilamiz.
Hech qachon pechda taom bo'lmagan holda aylanuvchi patnisni ishlatmang.
Sababi: Bu yong'inga yoki qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
1. Врощение подноса (Aylanuvchi patnisni yoqish/
o'chirish) tugmasini bosing.
Natija: Aylanuvchi patnis aylanmaydi.
Quyidagi ko'rsatkichlar namoyish qilinadi:
2. Aylanuvchi patnisni yana aylantirish uchun Врощение
подноса (Aylanuvchi patnisni yoqish/o'chirish)
tugmasini qayta bosing.
Natija: Aylanuvchi patnis aylana boshlaydi.
Bu Врощение подноса (Aylanuvchi patnisni yoqish/o'chirish) tugmasidan
faqat tayyorlash vaqtida foydalanish mumkin.
OGOHLANTIRISH
MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 31 2013-12-10 �� 1:15:10
Page view 162
1 2 ... 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 ... 175 176

Comments to this Manuals

No comments