Samsung SM-G5309W User Manual Page 740

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 765
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 739
O'zbek
739
Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot boling
• Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan
holda qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
• Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida
Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar
ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi
mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni
darhol to‘xtating.
• Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan
o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat
qiling.
• Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his
qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga
murojaat qiling.
• Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda
tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.
Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar
ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni
tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda
amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki
tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.
Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin
holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.
Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni
his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan
maslahatlashing.
Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish
qobiliyatingizni himoya qiling
• Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga
zarar yetkazishi mumkin.
• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,
diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Page view 739
1 2 ... 735 736 737 738 739 740 741 742 743 744 745 ... 764 765

Comments to this Manuals

No comments