Samsung MS22M8074AT User Manual Page 119

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 144
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 118
O'zbek 11
Pechdan foydalanish
Mikroto'lqinli pechning ishlash tamoyili
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni
tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
Muzdan tushirish
Isitish
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan
qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni
aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida
tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning
quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'ladi:
Miqdori va zichligi
Tarkibidagi suv miqdori
Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi
yoki yo'qligi)
DIQQAT
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni
hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom
retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi.
Agar sizda pechning ishlashi to‘g‘risida shubhalar bo‘lsa, 30-sahifadagi “Nosozliklarni bartaraf etish” bo‘limiga qarang.
IZOH
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi
kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 850 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa, suv kechroq qaynaydi.
Pech eshigini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.
Yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosish orqali
vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga qo‘ying.
Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi
kerak.
Pechdan foydalanish
Untitled-1 11 2017-03-28  12:18:04
Page view 118
1 2 ... 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 ... 143 144

Comments to this Manuals

No comments