Samsung SM-G5309W User Manual Page 748

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 765
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 747
O'zbek
747
Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya
qilish qoidalari
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar
uchun mo‘ljallangan)
Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu belgi
shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya maishiy
chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim. Belgi
qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya tarkibida
simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori EC Direktiv 2006/66 darajalaridan
yuqoriligini bildiradi. Agar batareyalar noto‘g‘ri utilizatsiya qilinsa, ushbu
moddalar inson sog‘ligiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin.
Tabiiy resurslarni himoya qilish va materiallarning takroran ishlatilishini
ta’minlash uchun batareyani boshqa turdagi chiqindilardan ajrating va
ularni mahalliy batareyalarni qaytarish tizimi orqali utilizatsiya qiling.
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi
tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/
yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan.
Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida
foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning
egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan maqsadlarda
foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda,
agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa,
quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan
har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash,
yuklab olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy
ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.
Page view 747
1 2 ... 743 744 745 746 747 748 749 750 751 752 753 ... 764 765

Comments to this Manuals

No comments