Samsung SM-G5309W User Manual Page 737

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 765
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 736
O'zbek
736
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio
chastotalar ta’sir qilishi mumkin bolgan qurilma yoki uskunalar
yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bolgan joylarda qurilmani ochiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib
tashlamasdan, qurilmangizni o‘chiring.
• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
• Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar
yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan
foydalanmang.
• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni
qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada
saqlamang yoki olib yurmang.
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz
chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini
sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni toxtating va uni
Samsung xizmat korsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan
boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya
qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport
vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni
boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va
boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
• Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini
o‘rganib chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul
qilish yoki amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
• Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan
uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil
qiling. Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli
pochtangizga Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.
Page view 736
1 2 ... 732 733 734 735 736 737 738 739 740 741 742 ... 764 765

Comments to this Manuals

No comments