Samsung SM-G5309W User Manual Page 741

  • Download
  • Add to my manuals
  • Print
  • Page
    / 765
  • Table of contents
  • BOOKMARKS
  • Rated. / 5. Based on customer reviews
Page view 740
O'zbek
740
• Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring
hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan
minimal ovoz balandligidan foydalaning.
• Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin.
Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini
yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni
ushlang.
• Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday
qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab
bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida
belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan
foydalaning
• O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim
atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.
• Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib
qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangizni boyamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang
• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib
qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz
bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi
mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma yorilgan yoki singan bolsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi
mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish
Markaziga olib boring.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan ornating
• Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar
xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
• Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga
yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri
o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Page view 740
1 2 ... 736 737 738 739 740 741 742 743 744 745 746 ... 764 765

Comments to this Manuals

No comments